EMU Universityning talabalari uchun xalqaro amaliyot imkoniyatlari kengaymoqda! Ikki universitet o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga binoan, talabalarmiz Istanbul Medipol Universityda amaliyot o’tash baxtiga muyassar bo’lishdi. Istanbul Medipol University — Turkiyaning sog’liqni saqlash sohasidagi eng nufuzli universitetlaridan biri. Ushbu universitetda klinik amaliyot o’tash — bu faqatgina kasbiy rivojlanish emas, balki dunyoning eng yaxshi tibbiyot muassasalarida tajriba orttirish imkoniyatidir. Medipol Mega University Hospitalda talabalarmiz yuz-jag’ jarrohligi, implantologiya, neyroxirurgiya, endokrinologiya, dermatologiya, onkologiya va oftalmologiya kabi bo’limlarda chuqur bilim va ko’nikmalarni egallashdi. Amaliyot yakunida talabalarga xalqaro sertifikatlar topshirildi, bu esa ularning kelajakdagi kasbiy yo’lida muhim qadam bo’ldi. EMU University talabalari uchun faqat bilim berish emas, balki ularni global miqyosda yetakchi tibbiyot muassasalarida amaliyot o’tash imkoniyatlari bilan ta’minlashni davom ettiradi.