Joriy yilning 19 sentabr kuni EMU University rektori A.A. Gaybullayev Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasiga rasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan va tibbiyot sohasida keyingi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv natijasida tajriba almashish, qo’shma tadqiqotlar o’tkazish va akademik almashinuv dasturlarini ishlab chiqish uchun yangi zamin yaratadigan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bu ikkala universitet uchun ham muhim voqea bo’lib, ilm-fan va ta’limni rivojlantirish uchun yangi zamin yaratmoqda.