EMU Universityda Erasmus+ dasturi doirasida Lithuanian University of Health Sciences professori Elena Loginovich ma’ruzalari bo’lib o’tdi.
Erasmus+ akademik mobillik dasturi doirasida universitetimizga Lithuanian University of Health Sciencesi (Kaunas, Litva) professori Elena Loginovich tashrif buyurdi.
Professor Loginovich talabalar va o’qituvchilar uchun Nasliy kasalliklarga bag’ishlangan ochiq ma’ruza o’tkazdi. O’z nutqida u genetikani o’rganishning zamonaviy usullari, jamoat salomatligining dolzarb masalalarini yoritib berdi va nazariy bilimlarni amaliy misollar bilan uyg’unlashtirgan holda eng yangi ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan bo’lishdi.
Tadbir iliq va qiziquvchan muhitda o’tdi. Ma’ruza ishtirokchilari qimmatli ma’lumotlar olishdi, savollar berishdi va xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.