Uchrashuv davomida farmatsevtika sohasida ta’limni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, farmatsevtikaning ustivor yo’nalishlari bo’yicha qo’shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, EMU University talabalari uchun amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish imkonini beradigan amaliy maydonchalar yaratish orqali EMU University va Swiss Energy o’rtasida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda Swiss Energyning yetakchi mutaxassislari EMU University talabalari va o’qituvchilari uchun ma’ruza va master-klasslar o’tkazishi muhokama qilindi.