Hurmatli EMU University talabalari, magistrlari va xodimlari!
Dunyodagi eng yetakchi universitetlardan biri, Stomatologiya dasturi bo’yicha jahon reytingida 16-o’rinda bo’lgan – Queen Mary University of Londonda (QMUL) amaliyot o’tash imkoniyatini boy bermang!
Dastur nomi: “Comprehensive restorative technique”
O’tkazilish joyi: London markazidagi Royal London Dental Hospital, Barts and The London Dental School.
Sizni nima kutmoqda?
- Restorativ stomatologiya bo’yicha eng zo’r intensiv amaliy mashg’ulotlar.
- Dunyoning eng taniqli shaharlaridan biriga unutilmas sayohat.
- Stomatologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyati.
- Rezyumeingizni mustahkamlash va professional istiqbollarni kengaytirish imkoniyati.
Ishtirok etish shartlari:
- Stomatologiya mutaxassisligi bo’yicha bakalavriat, magistratura yoki rezidenturada o’qish.
- Ingliz tilini bilish (sertifikat talab qilinmaydi).
Barcha xarajatlar (aviachipta, yotoqxona, ovqatlanish, kursda qatnashish) mustaqil ravishda to’lanadi.
Bu imkoniyatni boy bermang!
Amaliyotda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’ting va dunyodagi eng yaxshi stomatologiya maktablaridan birida bebaho tajribaga ega bo’ling!
Qo’shimcha ma’lumot va ro’yxatdan o’tish uchun Tashqi aloqalar bo’limiga murojaat qiling (4-14-xona).
